Yakshanba kuni Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» yo‘lining 319-kilometrida 49 yo‘lovchisi bo‘lgan Setra avtobusi ag‘darilib ketdi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa 10:50 da orqa g‘ildirak kamerasi yorilib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.

To‘rt yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, 26 yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 19 kishi esa jabrlanmagan.