Sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 27−30 aprel kunlari Tokioda bo‘lib o‘tgan FINA Jahon seriyasi bosqichida ikki medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqalarda 18 davlat vakillari ishtirok etdi.MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, erkin guruhda O‘zbekiston sinxronchilari 80.3000 natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rinni Yaponiya — 92.2000, ikkinchi o‘rinni esa Fransiya — 85.7000 jamoalari egalladi.

Highlight dasturida o‘zbekistonlik sinxronchilar 79.4000 natija bilan kumush medalni egalladi. Birinchi o‘rinni 84.2667 ball bilan Fransiya qo‘lga kiritdi.

Highlight — bu akrobatik tryuklardan tarkib topgan murakkab dastur bo‘lib, O‘zbekiston jamoasi uchun ularni tayyorlaydi.

Qayd etish joizki, 20−22 aprel kunlari Xitoyda o‘tkazilgan FINA Jahon seriyasida Xonzoda Toshxo‘jayeva ijrosidagi erkin soloda oltin Highlight dasturida oltin va erkin guruhda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.