Toshkent patrul-post xizmati xodimlari shaharning markaziy qismida motorollerlarda patrullik qilishni boshladi, deya xabar qildi boshqarma sayti.

Motopatrul avtopatrulga nisbatan ustomonroq, piyoda patrullarga qaraganda tezroq hisoblanadi. Skuter avtomashina bora olmaydigan joylarga ham «yengil» kirib bora oladi. Bundan tashqari, motoroller mototsikl singari aholini motor ovozi bilan bezovta qilmaydi, deya oydinlik kiritiladi xabarda.

Agarda sinov loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, poytaxtda motopatrullar va ularning yo‘nalishlari soni oshiriladi.

O‘tgan yilning yozidan buyon Toshkentda yo‘l-patrul xizmatlarining mototsikl guruhlari harakat qilmoqda.