Toshkent hokimiyati aholi va poytaxt mehmonlarini Xalqlar do‘stligi maydonidagi qurilish ishlari munosabati bilan markaziy ko‘chalarda vujudga kelishi kutilayotgan noqulayliklar to‘g‘risida ogohlantirdi.

«Amalga oshirilayotgan shu va boshqa qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz», — deyiladi shahar ma’muriyati xabarida.

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan 1941−1945 urush yillarida Toshkentga evakuatsiya qilingan 15 nafar yetim bolani asrab olgan Shomahmudovlar oilasi yodgorligini maydonga qaytarilmoqda. Maydonga O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i ilinadigan 60 metrlik flagshtok ham o‘rnatiladi.

Shuningdek, hozirda «Istiqlol» deb nomlangan san’at saroyiga va «Bunyodkor» metro bekatiga «Xalqlar do‘stligi» nomi, poytaxt ko‘chalaridan biri Shomahmudovlar nomini qaytarishga qaror qilindi.