Dushanba kuni 8:44 da «102» telefoni raqamiga Toshkentning Sergeli tumanidagi 6-maktab yaqinidagi chiqindixona yaqinida qo‘l granatasiga o‘xshash buyum topilgani haqidagi xabar kelib tushdi.

Toshkent IIBB saytida xabar qilinishicha, voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda «uchebnaya» («mashq») yozuvi tushirilgan qora rangdagi mashq qo‘l granatasini aniqladi.

Hozirda ushbu qurilmaning qanday qilib tegishli o‘quv binosidan tashqariga chiqib qolgani sabablari o‘rganilmoqda.

Ertalab ijtimoiy tarmoqlarda 6-maktab yaqinida «bomba» topilgani haqidagi axborotlar tarqaldi. Foydalanuvchilar ota-onalardan o‘quvchilarni maktabda olib ketish so‘ralganini ma’lum qilishdi.