Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston — Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.