O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev (12−0−0, 11 KO)Bruklinda (Nyu-York, AQSH) Barclays Center sport majmuasida o‘tkazilgan boks kechasi doirasida vakant turgan WBA International titutilini qo‘lga kiritdi.Chempionlik uchun jangda 26 yoshli bokschi Xitoy vakili 32 yoshli Chjimin Vanga (10−3−0, 3 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Foto: bta.bg.

Xitoy bokschisi jang so‘ngiga qadar Ergashev bilan kurash olib borgan birinchi raqib bo‘ldi. Shunga qaramasdan, Ergashev 10 raund yakunlari bo‘yicha hakamlar tomonidan bir ovozdan g‘olib deb topildi (100/90, 100/90, 99/91).

Video