Yakshanba kuni 15:00 da poytaxtdagi barcha 60 ta favvora ishga tushdi. Mavsum odatdagidan ikki kun avval — 1 may o‘rniga 29 aprel kuni boshlandi.

Shu kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Toshkent hokimiyatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, mamlakatda 1 may kuni nishonlanadigan Favvoralar kuni bayram tadbirlari to‘g‘risida keyinroq e’lon qilinadi.