Kim Chen In 65 yildan buyon Koreya yarim orolini bo‘lib turgan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan birinchi KXDR rahbari bo‘ldi.

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya rahbarlari Mun Chje In va Kim Chen Injuma kuni ikki davlat o‘rtasidagi demarkatsiya chizig‘ida uchrashdi.
Ularning har biri demarkatsiya chizig‘ida o‘z tomonida turib qo‘l siqishishdi. Shundan so‘ng Kim Chen In ajratuvchi chiziqni kesib o‘tib, Mun Chje Inni KXDR tomonga bir muddat o‘tishga taklif qildi.
Kim Chen In 65 yildan buyon Koreya yarim oroli ajratib turgan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tib, Janubiy Koreyaga qadam qo‘ygan birinchi KXDR rahbari bo‘ldi.
RIA Novostining xabar qilishicha, uchrashuvda Kim Chen In KXDR delegatsiyasi muzokaralarga «tinchlik va taraqqiyot yo‘lida yangi tarixni boshlash hissi» bilan kelganini ta’kidladi. «Agarda biz samimiy muloqot o‘tkazsak, tinchlik sari intilayotgan xalqimiz va sayyoramiz insonlariga katta sovg‘a tayyorlay olamiz», — dedi Mun Chje In.
Kun davomida ikki koreys davlati rahbarlari Janub va Shimol munosabatlarini yaxshilash, tinchlik va qayta qo‘shilish istiqbollarini muhokama qiladi.