Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Kamar Javed Bajva O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan muzokaralarda harbiy va harbiy-texnika, harbiy-sanoat va harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Kamar Javed Badjva turli sohalarda O‘zbekiston-Pokiston aloqalari holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan ham uchrashdi.

Pokiston delegatsiyasi 26−27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasiga yuqori baho berdi.