Jaxongir Abidovich Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

26 aprel kuni hokimlikda Ӯzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida shahar deputatlari kengashining navbatdan tashqari 35-sessiyasida Jaxongir Artikxodjayev nomzodi bir ovozda tasdiqlandi va u shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Jaxongir Artikxodjayev 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. 1991−1996 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan, mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Bundan avval «Artel injiniring» kompaniyasi va Tashkent City DUK direktori lavozlarida ishlab kelgan, Akfa kompaniyalar guruhi asoschisi.

2011 yildan Toshkent hokimiyatini boshqarib kelgan Rahmonbek Usmonov «O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.