Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29 aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook sahifasida xabar qildi.

30 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

1 may kuni Turkiya prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil oktyabrda Turkiyaga davlat tashrifi bilan borgan edi. Bu O‘zbekiston rahbarining so‘nggi 18 yil ichida Turkiyaga amalga oshirgan birinchi tashrif bo‘ldi.