Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 24 aprel kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vladimir Norov (O‘zbekiston) nomzodini 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha muddatga SHHT bosh kotibi lavozimiga tasdiqlashga kiritdi. Bu haqda SHHT Kotibiyati saytidagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha xabarda so‘z boradi.

2016 yil 1 yanvardan 2018 yil yakuniga qadar SHHT bosh kotibi lavozimida Rashid Alimov (Tojikiston) faoliyat ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda SHHT tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari tashkilotning Sindaodagi (Xitoy) iyun sammitiga tayyorgarlik doirasida Hindiston va Pokiston qabul qilinganidan so‘ng yangi sharoitda SHHT faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi vazifalarni ko‘rib chiqdi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar muhokama qilindi.