Yakshanba kuni 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar butun O‘zbekiston bo‘ylab qabristonlar hududini obodonlashtirishda ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xotira va qadrlash kuni arafasida harbiy xizmatchilar va vazirlik xodimlari Toshkentda Botkina qabristoni hududini tozalash, to‘siqlarni bo‘yash va daraxtlarni butoq qilishda ishtirok etdi. «Birodarlik qabristoni» yodgorligida ham obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi.

Jami bo‘lib butun mamlakatda 69 ta qabristonda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ularning 18 tasi Toshkentda, 8 tasi Samarqand va Jizzaxda, 20 tasi Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida, 16 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 16 tasi esa Farg‘ona vodiysida joylashgan.