O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari rahbariyati tomonidan erishilgan kelishuvlar doirasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi, deya xabar qildi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

"Ushbu ishlar vaziyatning o‘zgarishida tezkor harakatlanish, chegaralarni ishonchli himoya qilish uning buzilishlari profilaktikasiga yo‘naltirilgan", — deya qayd etdi matbuot xizmati.

17 aprel kuni 10:40 da O‘zbekiston chegarachisi Pungan yo‘nalishida Olabuqa uchastkasi bo‘yicha qirg‘izistonlik hamkasbini noma’lum shaxs Qirg‘izistonning Buloqboshi qishlog‘i yaqinida belgilanmagan chegara uchastkasida chorva mollarini boqayotgani, bu amaldagi kelishuvlarning buzilishi hisoblanishidan ogohlantirib, choralar ko‘rishni so‘raydi. 15 daqiqadan so‘ng qirg‘iz chegara naryadi chorva mollarini Qirg‘izistonning ichkari hududiga haydab o‘tdi.

18 aprel kuni 7:55 da O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanida chegara uchastkasida chegarachilar yuk ko‘targan chegara buzuvchisini aniqladi. Noma’lum shaxs yukni (160 kg miqdoridagi rangli metall) tashlab, Qirg‘iziston hududida yashirindi.

Quvasoy yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chegarachilari zudlik bilan Aydarken yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston chegara xizmatini bu haqda xabardor qilib, chegara buzuvchisini ushlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini so‘radi.

«O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi chegara xizmatlari vakillari o‘rtasidagi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi do‘stlik, o‘zaro tushunishni mustahkamlash va chegaradagi barqarorlikni ta’minlash hamda uning buzilishi va hodisalardan ogohlantirishga xizmat qiladi», — deya ta’kidlandi DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatidan.