Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi (23−24 aprel) doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Turkmaniston Milliy ko‘rgazmasi va biznes-forumida 250 mln AQSH dollariga teng shartnomalar imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Tomonlar neft-gaz, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi va turizm, ishlab chiqarish sanoati va to‘qimachilik sanoati sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi istiqbolli kelishuvlarga erishdi.

2017 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 177,3 mln dollarni tashkil etdi. Prezidentlar ishtirokidagi muzokaralarda tomonlar mazkur raqamni 2020 yilgacha 500 mln dollarga yetkazishga kelishib oldi. Joriy yilning birinchi choragida esa tovar ayirboshlash hajmi 55 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda turkman kapitali ishtirokidagi 11 ta korxona asosan savdo va xizmat ko‘rsatish, to‘qimachilik sanoati va mebel ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda