23 aprel kuni Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi (FAI) va O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi vakillari beshta havo sharida Buxoro osmonidan uchib o‘tdi, deya xabar qildi Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

21aprelda esa Samarqandda O‘zbekiston tarixida birinchi marta issiqlik aerostatlari guruh bo‘lib osmonga ko‘tarildi. 20 kishi o‘rin olgan FAI delegatsiyasiga shveysariyalik Peter Bleyzer rahbarlik qilmoqda.

25 aprel kuni aerostatlarning Xiva osmonida, 27 aprelda esa 28−29 aprel kunlari «Boysun bahori» festivali bo‘lib o‘tadigan Surxondaryoning Boysun tog‘lari uzra ko‘tariladi.