O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Davlat rahbari Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko‘chalarga minglab odamlar chiqqan.

Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi «Ulli hovli», Xiva shahridagi «Ichan qal’a» va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishi, Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston — Turkmaniston san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.