O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Xiva xonligi davrida turkmanlar uchun barpo etilgan qishloqlar, uy-joylar o‘rin olgan Urganch tumanidagi «Ulli hovli» majmuasiga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari mtabuot xizmati.17- asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 20 o‘rinli mehmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari «Ulli hovli"ni tomosha qildi.

Shu yerda o‘zbek va turkman mumtoz qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi.