«O‘zikkilamchiranglimetall» korxonasi va joylardagi mahalliy hokimliklar O‘zbekiston bo‘ylab rangli metallarni sotib olish bo‘yicha mobil qabul punktlari faoliyatini tashkil etmoqda. Bu haqda tashkilotchi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

«O‘zikkilamchiranglimetall» topshirilgan metallarga kelishilgan narxlarda hisob-kitob qiladi. Aksiya respublikaning barcha hududlarida 14 iyungacha davom etadi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, rangli metall kunlari rangli metallarni saqlovchi uskuna, temir-tersak va chiqindilarni qabul qilish bilan shug‘ullanayotgan noqonuniy punktlar faoliyatiga barham berish, shuningdek rangli metallar saqlovchi uskuna, temir-tersak va chiqindilarning noqonuniy aylanmasi, ularni o‘g‘irlash va zarar yetkazishga urinishlarga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilmoqda.

10 aprelda boshlangan tadbirlarda shu kungacha 82,5 tonna rangli metall chiqindilarni qabul qilib olindi.

«O‘zikkilamchimetall» mobil punktlarida qabul qilinadigan predmetlar ro‘yxati va qabul kunlari jadvali.