Xorazm viloyatida 19 aprel kuni Qo‘shko‘pir tumanining chegara masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umurbek Otanazarov (1989 y. t.) firibgarlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

«O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etilgan lavhalardan Otanazarov Janubiy Koreyada shartnoma bo‘yicha ishlashga jo‘natishga yordamlashish uchun ikki fuqarodan 8000 dollar naqd pulni shaxsan olayotgan vaqtda qo‘lga tushganini ko‘rish mumkin.

Surishtiruv ishlari olib borilayotganda Otanazarov yana 12 fuqarodan jami 22,4 ming dollarni ushbu xizmat uchun olgani ma’lum bo‘ldi. Reportajda u qilmishidan juda pushaymon ekanini aytib, xalqdan kechiriim so‘ragan.

Otanazarovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.