O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi, deya xabar qildi IIV sayti.

Navoiy viloyat IIBga bunga qadar Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan polkovnik Rustam Rahmonovich Tursunov rahbar bo‘ldi.

Jizzax viloyat IIBning yangi boshlig‘i sifatida turli yillarda Toshkent IIBB boshlig‘i va ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan general-mayor G‘ayrat Toirovich Qodirov ish boshladi.