O‘zbekistonlik gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva 20−22 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston tarixidagi birinchi kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

Musobaqada 14 mamlakat gimnastikachilari ishtirok etdi. Sabina Toshkenboyeva bulava bilan mashqlarda 17,950 ball to‘plab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Guruh mashqlarida O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida beshinchi, uchta koptok bilan mashqlarda — to‘rtinchi (16,900) va beshta halqa bilan mashqlarda esa oltinchi (17,150) bo‘ldi.