O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) transmilliy gaz quvuri loyihasida ishtirok etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni OAV vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Transport-kommunikatsion, tranzit, logistika masalalari juda jiddiy va biz ularni hal etamiz, — dedi davlat rahbari. — TAPH, bu — Afg‘onistonda amalga oshirishni xohlagan tinchlik va barqarorlikni ta’minladiydigan jiddiy loyiha»

«Biz O‘zbekiston ham ushbu loyihada ishtirok etishiga kelishib oldik. Turkman do‘stlarimiz bilan birgalikda tutashuv nuqtasini topamiz va ushbu ulkan loyihada ishtirok etamiz», — dedi prezident.

«Men Turkmaniston prezidenti rozi bo‘lganidan mamnunman va topshiriq berdim, uchrashuvimizdan so‘ng vakillarimiz Ashxobodga borib, qanday parametrlar, qanday yo‘nalishlarda loyihada ishtirok etishimiz bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi».

TAPH gaz quvurining umumiy uzunligi 1814 km ga yaqin bo‘lib, Turkmanistonning yirik Galkinish gaz konidan boshlanadi. Gaz quvuri Afg‘onistonning Xirot va Qandahor, Pokistonning Kvetta va Mo‘lton shaharlaridan o‘tib, Pokiston-Hindiston chegarasidagi Fazilka aholi punktigacha yeib boradi. Gaz quvuri yiliga 33 milliard kub metr tabiiy gaz o‘tkazish qobiliyatiga ega.