Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Kaspiy qirg‘og‘idagi port infratuzilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni taklif qildi. Bu haqda u dushanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.

Turkmaniston O‘zbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi-Janubiy yo‘lak yo‘nalishi bo‘yicha ham Yevropa, ham Yaqin Sharq bozoriga chiqish bo‘yicha yo‘lakni barpo etishda hamkorlik qilishga tayyor, deya ta’kidladi Gurbanguli Berdimuhamedov.

Turmaniston rahbari Shavkat Mirziyoyevni 2 may kuni Turkmanboshidagi xalqaro dengiz bandargohi ochilishiga taklif qildi.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. 24 aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.