Muqaddam qo‘shni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida hokim lavozimida ishlagan Farhod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Xorazm viloyati hokimiyatining «Gazeta.uz"ga bergan xabariga ko‘ra, tashkiliy masala shanba kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rilgan.

Farxod Ermanov (1958 y.t.) — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1981) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1996) bitiruvchisi. Senat a’zosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi.

U 1995−1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004−2010 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan.

2017 yil sentyabr oyidan buyon Xorazm viloyati hokimi lavozimida Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (2006−2015 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senat raisi) ishlab kelayotgan edi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z lavozimidan salomatligi sababli ketgan.