O‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev 21 aprel kuni Bruklindagi (Nyu-York, AQSH) Kings Theatre arenasida muvaffaqiyatli jang o‘tkazishdi.

24 yoshli Shahram G‘iyosov (2−0−0, 1 KO) vengriyalik 30 yoshli bokschi Gabor Gorbiksga (24−11−0, 14 KO) qarshi jangga chiqdi. Bahs olti raund davom etdi va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Buxoro vakili g‘olib deb topildi.

23 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (2−0−0, 2 KO) argentinalik bokschi Karlos Suares (7−5−3, 2 KO) bilan jang olib bordi. To‘rtinchi raundda O‘zbekiston vakilining ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.

Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari AQSHdagi debyut janglarida ham g‘alaba qozonishgan edi.