Bunga qadar Qirg‘iziston prezidenti devoni rahbari bo‘lib ishlagan Muxamedkaliy Abilgaziyev mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov jumani kuni shu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi «Kabar» agentligi. Prezident shuningdek Qirg‘iziston hukumatining yangi a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni ham imzoladi.

Xuddi shu kuni avvalroq Jokorgu Kenesh deputatlari navbatdan tashqari majlisda Muxamedkaliy Abilgaziyev nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi.

Payshanba kuni Qirg‘iziston parlamenti muxolifat kamchilik koalitsiyasi taklifi bo‘yicha 2017 yil yakunlari hisoboti yuzasidan hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qildi. Shundan so‘ng prezident hukumatni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Avvalgi bosh vazir Sapar Isakov ushbu lavozimga o‘tgan yilning sentyabrida tayinlangan edi.