20 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga tabrik yo‘llagani va yaqinda Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilish ishlari yakunlangani va ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Rossiya hukumat delegatsiyasining ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

«LUKOYL» kompaniyasi bilan hamkorlikda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi strategik hamkorlik munosabatlari mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishidagi yorqin namuna bo‘lishi ta’kidlandi.

Suhbat jarayonida yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi ko‘p rejali munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb qirralari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidentini davlat tashrifi bilan mamlakatga taklifini yana bir marta tasdiqladi. Taklif minnatdorchilik bilan qabul qilindi. Tashrifning aniq muddatlari diplomatik kanallar bo‘yicha kelishuvlarda o‘rnatiladi.