O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 apreldagi qarori bilan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining mahkamalar o‘rtasida axborot tizimlarini birlashtirish hamda to‘rtta innovatsion loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi qator takliflarini tasdiqladi.

1. Mavjud pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (respublika ichida), haydovchilik guvohnomalari bundan istisno, o‘rniga har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsini tasdiqlovchi shaxsiy ma’lumotlari kiritilgan identifikatsiya kartasi (ID-kartalar) joriy etiladi.

2.Bundan tashqari, transport vositalarining amaldagi raqamlarini xalqaro namunaga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga olishning yangi tizimi joriy etilib, transport vositalari uchun qog‘ozli hujjatlar bekor qilinadi va transport vositalari egalarining tegishli ma’lumotlari kiritilgan ID-kartalar joriy etiladi.

3. Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni kengaytirish va soliq harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirish hisobiga byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

4. Byudjetni iqtisod qilish, xavfsizlikni ta’minlash va telefon muzokaralarini yuritishda nazorat o‘rnatishga xizmat qiluvchi hukumat mobil aloqa tizimini joriy etish belgilandi.

YToshkentda sanab o‘tilgan loyihalar 2018 yil 1 noyabrgacha sinov rejimida joriy etilishi lozim.