O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 aprel kuni Migel Mario Dias-Kanelni Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining raisi lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Kuba Xalq hokimiyati milliy kengashi payshanba kuni Migel Mario Dias-Kanelni Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqladi. U avval Davlat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ovoz berish jarayonida u 604 ta imkoniyatdan 603 ta yoki 99,83 foiz ovoz to‘plagan. Milliy Kengash oldida nutq so‘zlagan Migel Dias-Kanel Kastroning siyosiy yo‘lini davom ettirishga va’da berdi.