Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Davlat rahbari Buxoroda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu zavodlar qurilishining borishi bilan tanishadi.