1 maydan Toshkentda markaziy isitish va issiq suv tariflari oshiriladi, deya xabar qildi «Toshissiqquvvati» korxonasi «Gazeta.uz"ga. Narxlarning oshirilishi energiya tashuvchilari va materiallari narxining o‘sishi bilan izohlanmoqda.

Aholi uchun issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagich bo‘lgan taqdirda bir kub metr suv uchun 4332 so‘m (hozirda — 3915,9 so‘m, o‘sish — 10,6 foiz), hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 16917,49 so‘m (umumiy dushli yotoqxonalarda — kishi boshiga 12584,98 so‘m, hozirda — 11376,16 so‘m) etib belgilandi.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 so‘mdan 1464,53 so‘mga oshiriladi.

Bunga qadar issiq suv va isitish tariflari 2017 yilning iyulida ошgaнэди.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan sovuq suv ta’minoti tariflari ham oshiriladi.