Shavkatbek Turdiyevich Irgashev 18 aprel kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent hokimiyatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi. Bunga qadar tuman ma’muriyatini boshqargan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shavkatbek Irgashev (1964 y. t.) — Toshkent avtomobil yo‘llari instituti (1989) va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2000) bitiruvchisi.

Tayinlovga qadar 2017 yildan Uchtepa tumani hokimi, avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi (2005−2013), ungacha esa — Olmazor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (2002−2005) bo‘lgan.