Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi, deya xabar qildi O‘zA.

Muzaffar Komilov hamda Nuriiymon Abulhasan qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qo‘mitaning avvalgi raisi Ortiqbek Yusupov edi.

Ushbu haftada prezident Shavkat Mirziyoyev «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi.