1 maydan poytaxt aholisi uchun sovuq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda «Suvsoz» korxonasi saytida xabar qilindi.

Aholi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 195 so‘mdan 245 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari narxi esa 165 so‘mdan 210 so‘mga oshiriladi. Tarif qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olmaganda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimining 12 yanvardagi qarori bilan Toshkent iste’molchilari uchun ichimlik suviga har bir kub metri uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilangan edi.

Sovuq suv tariflari so‘nggi bor fevral oyida oshirilgan.