17 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kolumbiyaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Alfonso Lopes Kaballeroni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mamlakatlar bir-birlari uchun istiqbolli hamkor ekanligi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.