O‘zbekiston va Yevropa jinoiy politsiyasi tashkiloti strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekistn 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturi xabar qildi.

«O‘zbekistonni 2019 yildagi ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritish haqidagi kelishuvga erishildi. Bu tomonlarga strategik hamkorlik va tezkor darajada o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi bitimni imzolashga imkon beradi», — Yevropol vakili D. Norman so‘zlarini keltirib o‘tdi telekanal.

Xabar qilinishicha, tomonlar kadrlar tayyorlash, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari mashg‘ulotlarini o‘tkazish, tajriba va ma’lumotlar almashish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuvga erishgan.

Avvalroq O‘zbekiston IIV vazirlik xorijiy huquqni muhofaza qilish mahkamalari bilan mahkamalararo muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etish bo‘yicha ishlar faollashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Hozirchaga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiton bilan mahkamalararo muvofiqlashtiruvchi guruhlar tuzildi. Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon bilan xuddi shunday guruhlarni tuzish masalasi ishlab chiqilmoqda, kelgusida esa Afg‘oniston, Pokiston va Turkiya bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.