O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

9 may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 mln miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilandi.

O‘tgan yili urush qatnashchilari va nogironlari bayram munosabati bilan 2 mln so‘mdan taqdirlangan edi.