O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 13 apreldagi qaroriga ko‘ra O‘rozov Abu Bakr Qulto‘rayevich O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi agentlik.

Abu Bakr O‘rozov O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Respublika axboroti tahririyati agrar bo‘limi sharhlovchisi, bosh direktor yordamchisi, Mahalliy axborot tahririyati bosh muharriri, kotibiyat mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2016 yildan O‘zA bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar agentlikning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri vazifasida ishlagan.