Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries sanoat giganti O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali «Tahlilnoma» dasturida xabar qilindi.

Kompaniya Yaponiya hukumatining moliyaviy mablag‘larini jalb qilgan holda GTG (Gas to gasoline — tahr.) texnologiyasidan foydalanishni mo‘ljallamoqda.

Kawasaki Heavy Industries delegatsiyasi O‘zbekiston vazirlik va mahkamalari bilan ushbu loyihani muhokama qilish uchun mamlakatga tashrif buyurishga tayyor.