AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya kuchlari 14 aprelga o‘tar kechasi Suriyadagi kimyoviy qurol yaratish dasturi bilan bog‘liq uchta ob’ektga aviazarbalar berdi, deya xabar qildi AQSH Mudofaa vazirligi.

Bayonotda qayd etilishicha, zarbalar Suriya rahbari Bashar Asadning «o‘z xalqiga nisbatan kimyoviy qurol ishlatganiga javob» sifatida berildi. AQSH Mudofaa vazirligi bu Suriya hukumatining taqiqlangan qurollardan foydalanishini to‘xtatadi.

Mudofaa vaziri Jon Mettis zarbalar o‘tgan yili AQSH Suriya hukumat qo‘shinlarining «Al Shayrat"dagi bazasiga yo‘llagan qariyb 60 ta «Tomagavk» qanotli raketa zarbalari orqali bombardimon qilganidan ko‘ra ikki barobar kuchliroq bo‘lganini ma’lum qildi.