15−16 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan nam havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda.

16 aprelga o‘tar kechasi respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan sezilarli sovuq antitsiklon kirib keladi, deya xabar qildi FVV O‘zgidromet ma’lumotlariga tayangan holda.

17 aprel kuni respublika hududida antitsiklon saqlanib qoladi.

15−17 aprel kunlari mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda kuchayishi mumkin. Jala quyishi ehtimoli bor.

Shamol tezligi 15−20 m/soniya (54−72 km/soat) gacha kuchayishi mumkin.

15−16 aprel kunlari havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi — +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi.

17 aprel kuni havo harorati kechasi +5…+10, kunduzi — +13…+18 darajagacha tushadi.

15−17 aprel kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.