O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar uchun tantana va kundalik liboslarning yangi namunalarini taqdim etdi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni Samarqand viloyatiga safar qilganida mahalliy iqlim va sharoitlarga mos yangi harbiy libos yaratishni topshirgan edi.

Davlat rahbari matolarning sifati past ekani va liboslarni ishlab chiqarish texnologiyalari eskirganini ta’kidlab, «aholi, ayniqsa yosh chaqiriluvchilarning fikrini bilish uchun» loyihalarni umumxalq muhokamasiga qo‘yish zarurligini ma’lum qilgan edi.

Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda yangi liboslarni tayyorladi. Bunda Turkiya, Pokiston, Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Germaniya va Italiya harbiy xizmatchilari liboslari namunalari o‘rganildi.

Taqdim etilgan namunalar «Ideal» va «Narimteks» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, murakkab sertola matolarning sinov partiyasidan foydalanilgan holda «Apitekst» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Bo‘yash ishlari «Smart-Teks» kompaniyasi tomonidan bajarilgan.

2018 yil davomida yangi namunalar Mudofaa vazirligining alohida bo‘linmalaridan sinovdan o‘tkaziladi. Bugungi kunda sinov uchun ikkita libos modeli Samarqand viloyatidagi gornizon harbiy qismga yetkazildi.

Kapyushonli qishki kurtka

Ofitser va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Mato tarkibi: aralash ip mato. «Rip-stop» 60 foiz ip tolasi va 40 foiz poliester. Astar matosi 100 foiz kimyoviy tola. Isitiluvchi mato — xolofayber.

Rangi: kamuflyaj qilingan. Belgilanishi: xizmatni o‘tash, dala mashqlari va jangovar harakatlar vaqtida kiyish uchun. Bosh kiyim: kepka (beysbolka).

Yozgi dala kostyumi

Ofitser va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: aralash ip mato, 60 foiz ip tolasi va 40 foiz kimyoviy tola yoki «Rip-stop» iplar, boshqa variantlar bo‘lishi mumkin. Kostyum astari ip tolali matodan. Rangi: kamuflyaj qilingan (3 variantda). Belgilanishi: xizmatni o‘tash, dala mashqlari va jangovar harakatlar vaqtida kiyish uchun.

Kamarli va old yarmi taxtli shim. Cho‘ntaklar (2 ta yon tomonda; 2 ta orqa tomonda tugmali; 2 ta tizzalarda qiyalama bo‘rtmali — lipu + tugmaga taqiladi (cho‘ntak ustida tortish uchun bog‘ich bor); pastki qismida bog‘loqchi paketlar uchun mo‘ljallangan 2 ta kichik cho‘ntak mavjud. Shim tizza va ort qismi bo‘yicha kuchaytirilgan. Bosh kiyi: yozgi furajka yoki kepka (beysbolka).

Kapyushonli kishki kurtka


Ofitserlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: 100 foiz poliester. Astar — 100 foiz kimyoviy toladan. Isituvchi mato — momiq (pux). Rangi: «shuvoq» polin). Belgilanishi: shtab, muassasalarda ishlash vaqtida va xizmatdan tashqari vaqtda kiyish uchun. Bosh kiyim: issiq tutuvchi matoli kepka.

Kundalik kostyum (ofis uchun)


Katta ofitserlar tarkibidagi (mayordan to polkovnikkacha) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: yarim junli mato, 50 foiz jun va 50 foiz poliester; astar — 100 foiz kimyoviy tola. Rangi: «shuvoq» (polin). Belgilanishi: qo‘shilma shtabi va undan yuqori shtablarda, muassasalarda ishlash vaqtida, shuningdek xizmatdan tashqari vaqtda kiyish uchun.

To‘g‘ri bichimdagi kamarli shim. Oldingi yarimliklarda yon cho‘ntaklar bor. Shimning orqa yarmida shakldor klapanli cho‘ntak bo‘lib, u formali tugmaga izma (petley) bilan taqiladi. Shimning oldingi yarimliklari cho‘zilishining oldini olish uchun astar tikiladi. Bosh kiyim: formali furajka.

Trikotajdan «Polo» yozgi ko‘ylagi


Ofitser va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: trikotaj polotno, 65 foiz paxta, 30 foiz poliester va 5 foiz laykra. Rangi: «xaki». Belgilanishi: xizmatni o‘tash, dala mashqlari va jangovar harakatlar vaqtida kiyish uchun. Bosh kiyim: formali furajka.

Faxriy qorovul uchun palto


Faxriy qorovuldagi harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: kashemir. Astar matosi: 100 foiz sintetik tola. Issiq tutuvchi mato: 100 foiz sintepon kimyoviy tolasi. Rangi: to‘q ko‘k. Belgilanishi: qish davrlaridagi tantanali marosimlar uchun. Bosh kiyim: formali furajka.

Faxriy qorovul uchun mundir va shim


Faxriy qorovuldagi harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: gabardin — viskoza, spandeks va paxta tolasi. Astar matosi100 foiz sintetik tola. Rangi: to‘q ko‘k. Belgilanishi: tantanali marosimlar uchun. Bosh kiyim: formali furajka.

Tantanavor kitel va shim


Ofitserlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun. Gazmol tarkibi: yarim jun mato, 50 foiz jun va 50 foiz poliester. Astar matosi 100 foiz sintetik tola. Rangi: «shuvoq» (polin). Belgilanishi: taqdirlash tadbirlari va tantanali marosimlar uchun.

Shim old yarimlari tortilishining oldini oluvchi astarga ega. Shimning yon chokida cho‘ntaklari obr. shimning o‘ng orqa yarmida hoshiyador klapanli cho‘ntak bo‘lib, u lipuchkaga taqiladi. Yon chok bo‘ylab kant (hoshiya) o‘tkazilgan. Bosh kiim: formali furajka.