O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni «Sirdaryo» erkin iqtisodiy xonasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini ta’minlash, shu asnoda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Yangi EIZ «Jizzax» EIZ (2013 yilda tashkil etilgan) Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida tashkil etiladi.

«Sirdaryo» EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

O‘zbekistondagi ilk EIZ 2008 yil oxirlarida Navoiyda tashkil etilgan edi. 2012 yilda «Angren» EIZ, 2013 yilda — «Jizzax» EIZ tashkil etildi. 2017 yil boshida «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Xozarasp» EIZni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.