Ma’ruf Usmonov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri hokimligiga tayinlandi, deb xabar berdi viloyat ma’muriyati «Gazeta.uz» ga.

Eslatib o‘tamiz, Ma’ruf Usmonov 2017 yil martidan Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Muqaddam u O‘zbekiston prezidentining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari, unga qadar (2004−2006 yillarda) Qo‘qon hokimi bo‘lgan.

Qo‘qonning avvalgi hokimi Rahmatali Jalilov 2017 yil aprelida ushbu lavozimga tayinlangan edi.