Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali pishiriqlar jamlanmasini tavsiya qiladi.

Shokoladli chizkeykОлча qaylasi bilan tayyorlangan shokoladli chizkeyk shokolad shinavandalariga juda ham yoqadi. Asos uchun maydalangan pechenelardan foydalanamiz, ustidagi pishloqli asosi uchun kerakli pishloqni esa poytaxtimizdagi barcha supermarketlardan topishimiz mumkin. Olchaning nordon ta’mi bu shirinlikka o‘zgacha maza baxsh etadi.

«Napoleon» torti

«Napoleon» torti uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar deyarli har bir ro‘zg‘ordan topiladi. Asosiysi — tortni yetarli vaqtgacha qoldirish kerak. Bunda tort plombir-kremini o‘ziga singdiradi va yanada mazali ta’mga kiradi. Tortga yanada chiroy bag‘ishlash uchun esa uni, rezavor mevalar bilan bezatish mumkin.

Turkcha paxlava

Sharq shirinliklarini xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib shirinlik — turkcha paxlava retseptini tavsiya qilamiz. Uni shakarli qiyom, xandon pista, yong‘oqlardan tayyorlaymiz. Bu pishirig‘imiz mazali chiqishi uchun esa ba’zi bir qoidalarni bilishning o‘zi kifoya.

Afg‘oncha napoleon

Afg‘oncha napoleon uchun kerakli masalliqlar har bir ro‘zg‘ordan topilishi shubhasiz bo‘lib, pishirish jarayonining soddaligi esa quvontiradi. Bu pishiriqni tayyorlashni esa pazandachilikni endi boshlaganlar ham uddalay olishadi.

«Qizil baxmal» kapkeyklari

Qizil baxmal kapkeyklari asosini qizil rangdagi xushbo‘y va juda mazali biskvit tashkil qiladi.
Unga bunday rangni bo‘yoqlar yordamida beramiz. Ular yanada mazali va chiroyli chiqishi uchun esa ularni krem yordamida bezatamiz.

Shokoladli «Pavlova»

Yengil «Pavlova» shirinligini shokoladli tort ko‘rinishida ham tayyorlash mumkin. Bu usuldagi pishirig‘imiz juda mazali bo‘lib, tayyorlash jarayoni esa hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Bundanda ko‘proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat