2017 yilning aprelidan Toshkentning Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abduqahhor To‘xtayev O‘zbekiston qurilish vaziri etib tayinlandi, deya xabar qildi tuman ma’muriyati vakili «Gazeta.uz"ga.

Aprelda tashkil etilgan Qurilish vazirligi rahbari 1956 yilda tug‘ilgan. 2016 yil aprelidan Jizzax shahar hokimi, 2005−2011 yillarda Toshkent shahar hokimi bo‘lib ishlagan.

1996−1999 yillarda poytaxtning Shayxontohur tumani hokimi, 1999−2001 yillarda Toshkent hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, 2001−2005 yillarda hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2013−2016 yillarda «O‘zLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.