O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga borishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Davlat rahbari sanoat korxonalari, madaniyat va sport majmualari bilan tanishib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, shaharlar va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab beradi.