O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ozarbayjonda prezidentlik saylovlari 11 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod kurash olib bordi, saylovda 74,51 foiz saylovchi ishtirok etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi prezident Ilhom Aliyev 3,7 million byulleten (jami byulletenlarning 92,2 foizi) hisob-kitoblariga ko‘ra, 86 foizlik natija bilan yetakchilik qilmoqda.